Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
G‘alaba shoh ko‘chasida aniqlangan holat joyida bartaraf etildi

G‘alaba shah ko‘chasida aniqlangan holat joyida bartaraf etildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Feruza Mardonovna Fayziyeva xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan G‘alaba shoh ko‘chasi, 117-uy oldi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda joylashgan quduq qopqog‘i noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani aniqlanib, natijada ochiq qolgan joy atrofida fuqarolar xavfsizligiga tahdid soluvchi holat yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ushbu hududdan muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari, jumladan elektr va aloqa kabellari o‘tganligi qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli xizmat tashkilotlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, ochiq qolgan joyga KKS (kanalizatsiya kollektor shoxtasi) qopqog‘i o‘rnatildi hamda uning atrofi beton qorishmasi bilan mustahkamlanib, yopildi.

Hozirda hudud to‘liq tartibga keltirilib, fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida muhandislik tarmoqlari joylashgan hududlarda nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 4