Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
"Yangihayot" boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

"Yangihayot" boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan "Yangihayot" boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uy-joylarni boshqarish, ularga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati, hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari hamda aholiga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, ko‘p qavatli uy-joy fondini samarali boshqarish hamda fuqarolar uchun qulay va obod yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2