Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi deputati Dauletnazarova Raya Kurbanbaevnaning murojaati

Giyohvandlik nafaqat inson salomatligiga, balki uning oilasi, kelajagi va butun jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug‘diruvchi illatdir. Ayniqsa, yoshlarning bunday zararli odatlarga berilib ketishining oldini olish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Shu bois, har birimiz farzandlarimizning ta'lim-tarbiyasi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va ilm-fanga qiziqishini oshirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularda mustahkam hayotiy qarashlarni shakllantirish giyohvandlikka qarshi kurashning eng samarali usullaridan hisoblanadi.

Mahalliy Kengash deputati sifatida yoshlar manfaatlarini himoya qilish, profilaktik tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar o‘rtasida huquqiy va tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi tashabbuslarni har doim qo‘llab-quvvatlayman.

Bu borada faqat davlat idoralari emas, balki ota-onalar, ta'lim muassasalari, mahalla faollari, jamoat tashkilotlari va keng jamoatchilikning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Faqatgina birgalikdagi sa'y-harakatlar orqali yoshlarimizni giyohvandlik kabi xavfli illatlardan asrashimiz mumkin.

Aziz yurtdoshlar!

Keling, farzandlarimizning sog‘lom va baxtli kelajagi yo‘lida yanada mas'uliyatli bo‘laylik. Sog‘lom avlodni tarbiyalash, giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish barchamizning fuqarolik burchimizdir.
E'tiboringiz uchun rahmat!

✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati