Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva "Shodiyona" MFY hududidagi 94-DMTT muassasida bo'ldi.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva "Shodiyona" MFY hududidagi
94-DMTT muassasida bo'ldi.

👨‍👩‍👧‍👦 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva va kotibiyat xodimlari bilan birgalikda "Shodiyona" MFY hududidagi
94-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdi. Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim sifati va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muassasa rahbariyati va pedagoglar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

💬 Sh.Umarxodjayeva muassasaning ichki muhiti, tarbiyaviy jarayonlari, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘quv-uslubiy faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Xususan, oshxona, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa qo‘shimcha maxsus xonalarni sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi. Shuningdek, pedagoglar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning ta'lim-tarbiya berish uslublari, kundalik rejasi va bolalar bilan ishlash metodikalari o‘rganilib, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni doimiy deputatlik nazoratida ushlab borish muhimligini qayd etdi.

🔎 Tashrif yakunida muassasa faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 18