Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA

NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA

2022-yil 20-aprelda qabul qilingan mazkur Qonun Oʻzbekistonda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Qonunga muvofiq, nobank kredit tashkilotlariga mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari hamda faktoring tashkilotlari kiradi. Ular kreditlar, mikroqarzlar, kafolatlar, faktoring va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega.

Shu bilan birga, nobank kredit tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilish taqiqlanadi. Ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan talablar asosida tartibga solinadi va nazorat qilinadi.

"Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonun mamlakatda moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda aholining kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim huquqiy asos hisoblanadi. Mazkur qonun moliya tizimining barqarorligi va shaffofligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1