Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha qonun ijrosi o‘rganildi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev o‘ziga biriktirilgan deputat A.Xolmo‘minovga biriktirilgan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–539-son, 2019-yil 21-may) ijrosi yuzasidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida tumanda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, xususan quyosh panellari va boshqa energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud ko‘rsatkichlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Shuningdek, qonunning mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy vazifalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning afzalliklari yuzasidan korxona xodimlari o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4