Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
Chilonzor tumanida aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilash maqsadida “Al-Xorazmiy” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv tashkil etildi.
Unda Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Alisher Abduvaxobovich Xusainov hamda Chilonzor tumani hokimining qurilish va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K.Xamrayev ishtirok etib, “Al-Xorazmiy” va “Bekto‘pi” mahallalari aholisi hamda mahalla faollarining murojaatlarini bevosita tingladilar.
Muloqot davomida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ta’lim muassasalari va bolalar maydonchalarini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay infratuzilma yaratishga qaratilgan qator taklif va murojaatlar ko‘rib chiqildi.
📩📞Deputat Alisher Xusainov aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish, mahallalardagi ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlab, har bir murojaat ijrosini nazoratga olishini bildirdi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
📥Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar mas’ul tashkilotlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

🔗Mazkur uchrashuv deputat va mahalliy ijro hokimiyati vakillarining aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlarni obod qilish hamda xalq bilan doimiy muloqot asosida ishlash borasidagi sa’y-harakatlarining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Slide 1 of 3