Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi I.Xushmurodova tomonidan Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida markazda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, kam ta'minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash jarayonlari, ijtimoiy reyestr bilan ishlash hamda murojaatlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida Kengash raisi mas'ullarga quyidagi savollar bilan murojaat qildi:

🔹 Kam ta'minlangan oilalarni aniqlash va "Ijtimoiy reyestr"ga kiritish qanday tartibda amalga oshirilmoqda?

🔹 Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda manzillilik hamda shaffoflik qay darajada ta'minlanmoqda?

🔹 Fuqarolarning murojaatlari qancha muddatda ko‘rib chiqilib, amaliy yechim topmoqda?

🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga qanday ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda?

Mas'ullar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, markaz tomonidan ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, nafaqa va moddiy yordam tayinlash, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish yakunida Kengash raisi aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda har bir murojaatni individual yondashuv asosida hal etish bo‘yicha mas'ullarga aniq tavsiyalar va topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 2