Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Deputat va mahalla raisi qabriston infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi

Deputat va mahalla raisi qabriston infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati J.Donayev o'zi saylangan saylov okrugidagi “Oqjar” mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi Oqjar qabristonida bo‘lib, hududdagi mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida qabriston hududining sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari, tozalikni saqlash, ichki yo‘laklar hamda ziyoratchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qabriston hududini yanada obodonlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va infratuzilmani yaxshilash yuzasidan mahalla raisi hamda mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari va ijtimoiy ob'ektlar holatini o‘rganish deputatlik nazorati doirasida davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev

Slide 1 of 3