Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 31-sessiyasi 3-iyun kuni o‘tkaziladi

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 31-sessiyasi 3-iyun kuni o‘tkaziladi

✔️ Bu haqda xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi raisi X.Usmanovning bugun, 26-mayda qabul qilgan "Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, 31-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

Tumanda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Ibragimovning hisoboti.
Tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning ijrosini ta’minlash hamda yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimligi Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh.Qarshiboyevning hisoboti.
Bulung‘ur tumanidagi Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash, joriy ta’mirlash va qurish ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli dasturning muhokamasi to‘g‘risida.
Tumanda “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida.
Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.
Tuman “Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi

Slide 1 of 1