Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda dori vositalari bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu borada Muzrabot tumanida ham aholining tibbiy xizmatdan roziligini oshirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputat Svetlana Jumayeva o‘z saylov hududidagi “Fidokor” mahallasida bo‘lib, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov bilan hamkorlikda mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida “Beshqo‘ton” oilaviy poliklinikasi faoliyatini o‘rgandi.

Mazkur tibbiyot muassasasi “Buyuk ipak yo‘li” va “Fidokor” mahallalari hududida yashovchi aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi. O‘rganish jarayonida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi, mavjud dori vositalari va ularga bo‘lgan ehtiyoj, tibbiy xizmat sifati hamda sohada uchrayotgan ayrim muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, poliklinikada bemorlarni ambulator sharoitda davolash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiyot xodimlarining faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar ham ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv davomida tibbiyot xodimlariga va fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, ushbu qonunda belgilangan huquq va kafolatlar haqida ham tushunchalar berildi.

O‘rganishlar yakunida deputat tomonidan muassasa faoliyati davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3