Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Kotib

Xalqimizda azaldan mahallani Vatanning asosi, tayanchi deb bilishadi. Negaki, barcha ezgu tashabbuslar avvalo shu manzildan boshlanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda mahallaga yanada kuchliroq e’tibor qaratilishining sababi ham shu. Xususan, joriy – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da bu borada qator ijobiy o‘zgarishlar kutilmoqda. 

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Gulchexra Axmedova “Alisherobod” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv jarayonida mahallada aholi va yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, mahalladoshlarimizning atrof-muhitga nisbatan bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish, bunda sohaga doir qonunlarni o‘qib-o‘rganish, ayniqsa tabiiy boyliklar – yer va suvdan oqilona foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mutasaddilarga “mahalla yettiligi” va faollarning bosh maqsadi aholining turmush tarzini yanada yuksaltirish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlar tarbiyasini kuchaytirish, atrof-muhit obodonchiligini ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirishdan iboratligi yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, G.Axmedova tomonidan fuqarolarning mavjud muammolar bo‘yicha murojaaatlari joyida o‘rganilib, hal etish choralari belgilab olindi.

Slide 1 of 4