Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini yuritish tartibiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

#seminar

“Ayollar daftari”ning 7-bosqichini yuritish tartibi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini yuritish tartibiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Toshkent viloyatiga “Ayollar daftari” masalalari bo‘yicha biriktirilgan shtab rahbari To‘xta Bozorov, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi raisi Sayyora Fayziyeva, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Normirzayeva, Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov hamda tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yangi Nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, “Ayollar daftari” bo‘yicha toifalar soni 6 tadan 5 taga qisqartirilgani, ko‘rsatiladigan xizmatlar soni esa 23 tadan 46 taga oshirilgani ta’kidlandi. Shuningdek, har bir toifa doirasida nazarda tutilgan xizmatlar, ularni taqdim etish tartibi hamda amaliyotga joriy etish mexanizmlari atroflicha tushuntirildi.

Seminar ishtirokchilarining faol muloqoti, savol-javoblar va taklif-mulohazalari bilan qizg‘in hamda samarali ruhda o‘tdi.

Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 4