Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Shaxnoza Abduraxmonova tomonidan Toshkent tumani Markaziy shifoxonasining Bolalar bo‘limida aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati, mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganildi.

#deputat_tashabbusi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Shaxnoza Abduraxmonova tomonidan Toshkent tumani Markaziy shifoxonasining Bolalar bo‘limida aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati, mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganildi.

Aniqlanishicha, sanitariya va texnik holati talab darajasida bo‘lmagan mazkur bo‘lim avariya holatida deb topilib, 2026-yil 28-fevraldan boshlab joriy ta’mirlash ishlari uchun yopilgan. Biroq mablag‘ yetishmasligi sababli boshlangan ta’mirlash ishlari to‘xtab qolgan.

Mazkur muammoni hal etish maqsadida deputat Shaxnoza Abduraxmonova tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilib, “Ipoteka-bank” ATIB Yakkasaroy filiali rahbariyatiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida tumandagi bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ularga o‘z vaqtida va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bolalar bo‘limini kapital ta’mirlashga 330 million so‘m mablag‘ ajratilishiga erishildi.

Bugungi kunda ajratilgan mablag‘lar hisobidan bo‘limda kapital ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, loyiha yakunlangach bolalar uchun zamonaviy va qulay davolanish sharoitlari yaratilishi kutilmoqda.

Mazkur tashabbus deputatlik nazoratining amaliy natijasi bo‘lib, aholi, ayniqsa yosh avlod salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 2