Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Yangiobod mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyat mudiri Shermatova Gulnoza Abduhakimovna o‘zining kunlik ish rejasiga muvofiq "Yangiobod" mahallasida bo‘lib, u yerda tashkil etilgan "Mahalla yettiligi" tizimining ish samaradorligini o‘rgandi. Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi muammolarini joyida hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda mahalla drayverlaridan kelib chiqib, mas’ullarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisining hududdagi xonadonbay xizmat ko‘rsatish, subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Shu bilan birga, ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan manzilli ko‘maklar holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Kotibiyat mudiri G. Shermatova "Mahalla yettiligi" a’zolariga faoliyatni faqat qog‘ozda emas, balki bevosita xonadonlarga kirgan holda, amaliy natijalar bilan tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Har bir mas’ul o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholining roziligini olishni asosiy mezon qilib belgilashi lozimligi qayd etilib, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish va ish unumdorligini oshirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3