Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
#24_tavsiya_ijrosi Haftalik ish reja asosida

#24_tavsiya_ijrosi
Haftalik ish reja asosida

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 15-Qo'shtegirmon saylov okrugi deputati Almardonov Nurqobil tomonidan Madaniyat mahallasida joylashgan 41-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida maktab kutubxonachisi Norqobilov Shofruz kutubxonaning bugungi faoliyati, kitob fondi, kitobxonlikni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘quvchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berdi.O'rganish davomida deputat yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamolotida kutubxonalarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, kitob inson tafakkurini boyituvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi hamda yuksak madaniyat va ma’rifat sari yetaklovchi eng muhim manba ekanligini qayd etdi. Shuningdek, bolajonlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini bildirib o‘tdi. O‘rganish yakunida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlar sonini ko‘paytirish hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish yuzasidan deputat tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 1