Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Mahalla yettiligi faoliyatidan

Mahalla yettiligi faoliyatidan

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 15-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Almardonov Nurqobil tomonidan “Madaniyat” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida ijtimoiy xodim Ahmedov Axror tomonidan mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.Ta’kidlanishicha, joriy davr mobaynida 15 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan. Shuningdek, hashar yo‘li bilan 2 ta xonadon egalariga uy-joy qurish ishlarida amaliy yordam ko‘rsatilgan.Suhbat davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manzilli yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda olib borilayotgani qayd etildi.Hozirda ham ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar davom ettirilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, deputat fuqarolarni qabul qilish jarayonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdi. O‘rganish yakunida deputat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, manzilli yordam ko‘rsatish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1