Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi kotibiyat mudiri O‘.Murodov va tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan tuman Davlat kadastrlari palatasi Boysun tumani filialida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash holati, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ichki nazorat mexanizmlari hamda xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan sohada korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflikni yanada kuchaytirish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5