Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“Besh ming qadam” yurish marafonida Toshkent shahar Kengashi deputatlari faol ishtirok etdi

“Ayollar sport olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichi doirasida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Olimpiya shaharchasida ommaviy ertalabki badantarbiya mashqlari hamda “Besh ming qadam” yurish marafoni tashkil etildi.

📝 Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida sport madaniyatini keng ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.

✨ Marafon davomida ishtirokchilar ertalabki badantarbiya mashqlarida qatnashib, belgilangan masofani bosib o‘tish orqali sog‘lom hayot tamoyillariga sodiqliklarini namoyon etdilar. Tadbir sportsevar xotin-qizlar, yoshlar va oilalarni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, jismoniy faollik va salomatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

🤝 Bunday ommaviy sport tadbirlari jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, fuqarolarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom va faol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari ham ushbu ezgu maqsadlarga qaratilgan tashabbuslarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Slide 1 of 1