Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
🚶‍♂️🏛 Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Tuproqqal’a mahallasi Uch Chinor ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan Uch Chinor ko‘chasining 55-uy oldidan 135-uy oldigacha bo‘lgan qismida piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish masalasi ko‘tarildi. Ta’kidlanishicha, mazkur hududda piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish zarurati mavjud.
📝 Murojaat mazmuni atroflicha o‘rganilib, mavjud holat ko‘zdan kechirildi hamda fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglandi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida Shovot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hamda tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.
🤝 Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish xalq deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4