Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 14-“Navoiy” saylov okrugidan saylangan deputati M. Ravshanova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Kamolova tomonidan “Mustaqillik” mahallasining “Amir Temur” ko‘chasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘cha yo‘llarining bugungi holati, ularning ta’mirtalab qismlari, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, tungi yoritish tizimining ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘cha bo‘ylab o‘rnatilgan yoritish moslamalarining samaradorligi, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash darajasi ham ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ko‘chalarni tartibga keltirish, atrof-muhitni yanada ozoda saqlash, yashil hududlarni kengaytirish va mavjud infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Hududlarni obod qilish, mahallalarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar bundan buyon ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 4