Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Nurafshon mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Nurafshon mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov hamda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov Nurafshon mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada aholi murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, profilaktika va obodonlashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi hamda mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llarning holati hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari va istiqboldagi vazifalar muhokama qilinib, tegishli mutasaddilarga tavsiya va takliflar bildirildi.

Mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, ichki yo‘llarni yaxshilash va ichimlik suvi ta’minotini mustahkamlashga qaratilgan ishlar aholi turmush farovonligini oshirish hamda hududlarni yanada obod qilishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6