Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“Dolzarb 90 kun” loyihasi: Deputat ishtirokida “Mustaqillik soati” tashkil etildi

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar uchun “Mustaqillik soati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Interaktiv tarzda o‘tgan ochiq muloqotda o‘quvchilarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari haqida batafsil so‘z yuritildi. Xususan, zamonaviy multimedia vositalari orqali yurtimizdagi ulug‘vor loyihalar, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi.

“Mustaqillik soati” doirasida quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
• O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
• Yoshlarni kelgusi o‘quv yiliga hamda yangi ta’lim bosqichlariga puxta va motivatsiya bilan tayyorlash;
• Yurtimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar va ta’lim tizimidagi islohotlar mohiyatini yetkazish.

Samimiy va qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputatdan batafsil javoblar oldilar.

Slide 1 of 3