Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi doimiy komissiya

Budjet yo'nalishi bo'yicha Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi...

🔔Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📣Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi, a'zolari, deputatlar Sh.Dadaboyev, B.Usmanov, A.Kim, M.Murodov, M.Akramova, kotibiyat mudiri A.Nazirov, kotibiyat bosh mutaxassislari D.Mirzayeva, I.Qaxorov, Kengash huzuridagi ekspertlar va Yoshlar maslahat guruhi tomonidan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoyillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida.

➡️“Olmazor tajribasi” asosida Quvasoy shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risida.

➡️Shahar hokimligining “Shahar mahalliy budjetining 2026 yilgi shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi taklifini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

➡️Joriy yilning I-choragida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlili hamda 2026 yil 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan.

➡️Quvasoy shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-sonli farmoni ijrosi yuzasidan.

📊Komissiya a’zolari tomonidan yechim talab etayotgan masalalar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🔖Shuningdek, mazkur masalalar navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi.

Slide 1 of 9