Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Doimiy komissiya tomonidan navbatdagi nazorat-o‘rganish tadbiri Qo'chqorchi MFY okrugida o‘tkazildi

Doimiy komissiya tomonidan navbatdagi nazorat-o‘rganish tadbiri Qo'chqorchi MFY okrugida o‘tkazildi

⚖️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga mansub mahallalarda jinoyatchilikni qisqartirish, huquqbuzarlik va korrupsion holatlarning oldini olish, profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🇺🇿Mazkur o‘rganishlarda Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Mexmonov, shahar IIB boshlig‘i J.Xasanov, adliya bo‘limi boshlig‘i A.Anvarov, shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Ubaydullayeva, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi shahar bo‘limi rahbari B.Djaloldinov, okrug deputati A.Nazirov hamda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.

🔼O‘rganish ishlari Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishining 20-bandi va tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Qo‘chqorchi mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil qilindi.

⚪️Tadbir davomida Qo‘chqorchi MFY “yettilik” a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, mavjud muammolarni hal etish, aholi bilan manzilli ishlash tizimini kuchaytirish, profilaktik choralarni yanada samarali tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🚩 Hududlarda shu kabi hamkorlikdagi nazorat-o‘rganish tadbirlarini muntazam tashkil etish fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek aholi manfaatlarini himoya qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 8