Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
MUNOSABAT: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — tumanimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligining bosh mezonidir!

MUNOSABAT: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — tumanimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligining bosh mezonidir!

Ma’lumki, 2024-yil 5-iyun kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan O‘RQ-931-sonli Qonun yurtimizda faol tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish va aholimizga soliq majburiyatlarini bajarishda katta qulayliklar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Ushbu Qonun mohiyati va uning Uzun tumani rivojidagi o‘rni haqida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov o‘z munosabatini bildirdi:

"Har bir qonun zamirida xalqimizning og‘irini yengil qilish, tadbirkorlarimizga erkin faoliyat yuritishlari uchun keng yo‘l ochib berish maqsadi yotadi. Yangi qabul qilingan O‘RQ-931-sonli Qonun ham aynan tadbirkorlik subyektlarining soliq yukini kamaytirish va ma’muriyatchilikni soddalashtirishga qaratilgani bilan g‘oyat ahamiyatlidir.

Ayniqsa, soliq hisobotlarini topshirish va ayrim majburiyatlarni bajarishdagi yengilliklar, asossiz jarimalarning bekor qilinishi yoki kamaytirilishi tumandagi kichik va o‘rta biznes vakillari uchun haqiqiy ko‘mak bo‘ldi.
Bu chora-tadbirlar 'yashirin iqtisodiyot' ulushini kamaytirish bilan birga, tadbirkorlarimizga o‘z faoliyatini qonuniy va xavf-xatarlarsiz kengaytirishga turtki beradi."

Qonun tumanimiz tadbirkorlariga nima beradi?

Soliq to‘lovchilar uchun qulaylik: Soliq majburiyatlarini bajarish tartiblari soddalashtirildi, bu esa ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt yo‘qotilishining oldini oladi.

Moliyaviy yukning kamayishi:
Tadbirkorlarga nisbatan qo‘llaniladigan ayrim sanksiyalar yumshatildi, bu esa ularning aylanma mablag‘larini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Yangi ish o‘rinlari: Biznes uchun yaratilgan bunday qulay muhit Uzun tumanida yangi tadbirkorlik subyektlarining ochilishiga va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga zamin hozirlaydi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati hamda mahalliy Kengash deputatlari ushbu Qonunning mazmun-mohiyatini joylarda, mahallalarda tadbirkorlarimizga yetkazish, ularning muammolarini tinglash va qonuniy yengilliklardan to‘g‘ri foydalanishlariga ko‘maklashishni o‘zlarining ustuvor vazifalari deb bilishadi.