Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Депутат ўрганиш

“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan hududlarda madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini o‘rganish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan doimiy komissiya raisi A.Mahkamov hamda komissiya a’zosi Sh.Madaminova tomonidan Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan shahar Axborot-kutubxona markazi filiali faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida filialning moddiy-texnik bazasi, kitob fondi holati, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar hamda aholining, ayniqsa yoshlarning kutubxonaga jalb etilishi borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kutubxona filialida amalga oshirilayotgan loyihalar, kitob targ‘iboti bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot ishlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi. Faoliyat davomida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida kutubxona filialining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, kitobxonlar sonini ko‘paytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 4