Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova, bosh mutaxassislar hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda sessiya oldidan Samarqand mahallasi hududida rejalashtirilayotgan “Mening bog‘im” yashil bog‘ loyihasi bilan tanishdi.

Loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan hudud ko‘zdan kechirilib, bog‘ barpo etish uchun mavjud sharoitlar, hududning infratuzilma imkoniyatlari va obodonlashtirish ishlari yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Ushbu loyihaning mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar va oilalarning mazmunli hordiq chiqarishi ekologik muhitni yaxshilash, hududning ko‘rkini yanada oshirishdagi ahamiyati ta’kidlandi.

Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish, yashil hududlarni kengaytirish hamda bog‘ni zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 5