Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“Farhod” mahallasida kengash qarori asosida xonadonlar ta’mirlanadi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash deputati I.Shatova “Farhod” mahallasida bo‘ldilar. Mas’ullar u yerda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori asosida ta’mirlanishi belgilangan fuqaro U.Temurovaning xonadoniga tashrif buyurdilar.

💬 Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

💬 Ayni vaqtda mazkur xonadonda pudratchi tashkilot quruvchilari tomonidan o‘lchash ishlari amalga oshirilayotgani fuqaro tomonidan bildirildi. Shuningdek, mutasaddilar va quruvchilar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, tayyorgarlik jarayonlari yakunlanib, tez kunlarda xonadonda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanishi belgilangan.

💬 Kengash deputatlari hamda mahalla faollari hamkorligida mazkur xonadonda olib boriladigan qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi qat’iy nazorat qilib boriladi.

Slide 1 of 2