Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi


Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan Mustaqillik MFYda mahalla hududidagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida mahalla raisi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–93-sonli qarori asosida Bahor ko‘chasining 300 metr qismida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi ma’lum qilindi. Mazkur masala yuzasidan mavjud holat atroflicha muhokama qilinib, ishlarni jadallashtirish va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida mahalla hududida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, obodonlashtirish tadbirlari hamda aholi uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 3