Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“Chamanbog‘” MFYda ochiq muloqot: muammolar tinglandi, choralar belgilandi

“Chamanbog‘” MFYda ochiq muloqot: muammolar tinglandi, choralar belgilandi

📌 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati va Olmazor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tumandagi "Chamanbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

✅ Uchrashuv davomida xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda imtiyozli kreditlar ajratish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan takliflar o‘rganildi.

⚡️Shuningdek, ishga joylashish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasbga qayta tayyorlash kurslari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va xotin-qizlar bandligini oshirishga xizmat qilmoqda.

📎 Uchrashuvda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova ishtirok etdi.

Slide 1 of 8