Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
MAHALLADA HUQUQ-TARTIBOT VA IJTIMOIY MUHIT MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

 MAHALLADA HUQUQ-TARTIBOT VA IJTIMOIY MUHIT MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Olimov tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov bilan birgalikda Akbarobod mahalla
fuqarolar yig‘inida bo‘lib, profilaktika inspektori hamda xotin-qizlar faoli
tomonidan aholi o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish,
ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash hamda xotin-qizlar bilan manzilli
ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.


O‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, profilaktik hisobda turuvchi
shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda muammoli holatlar bo‘yicha
olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini
ta’minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, oilaviy
nizolarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
muhokama etildi.


O‘rganish yakunida mahallada mavjud ayrim muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr
almashilib, ularni bartaraf etish, profilaktika ishlari samaradorligini
oshirish hamda aholi bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish
bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 2