Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Olmazor tumanidagi shifoxonada davolanayotgan bolajonlarga bayram quvonchi ulashildi
Olmazor tumanidagi shifoxonada davolanayotgan bolajonlarga bayram quvonchi ulashildi

🎉 👧🏻👦🏻 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti kafedra mudiri Axmedova Dilorom Ilhamovna tashabbusi bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tibbiyot hodimlari ham faol ishtirok etib, bolajonlarga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

🏥 Tibbiyot markazining barcha bo‘limlarida davolanayotgan bolalarga mehr, e’tibor va iliqlik baxsh etildi. Shuningdek, har bir bemor bolajon uchun maxsus sovg‘alar topshirildi. Bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik kichkintoylarimizning kayfiyatini ko‘tarib, ularning tezroq sog‘ayib ketishlariga oz bo‘lsa-da ijobiy turtki bo‘lib xizmat qiladi.

🌈 Bolajonlarimizning beg’ubor tabassumi, porlagan ko’zlari va shodon kulgulari xonadonimizga cheksiz quvonch olib keladi. Ularning porloq kelajagi, sihat-salomatligi va baxtiyor ulg’ayishlari uchun barchamiz mas’ulmiz. Har bir bola doimo sog’lom, himoyalangan va baxtli bo’lsin!
Slide 1 of 3