Yangiliklar

Deputatlik nazorati

Navbatdagi o‘rganish Madaniy mahallasidagi 2-sonli maktabida olib borildi. Bunda o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport maydonchalari holati, mavjud sport jihozlari va inventarlardan foydalanish darajasi o‘rganildi. Shu bilan birga, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3