Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat so‘rovi ijrosi

           Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati N.Abdumo‘minovaning deputatlik so‘roviga asosan, “Abdulabiy” MFY hududida joylashgan paxta tozalash punktidagi ichimlik suv minorasi yaroqsiz holga kelgani aniqlandi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida mahalladagi 26-maktab hududida joylashgan suv minorasini paxta tozalash punktiga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ta’kidlanishicha, viloyat boshqarmasi tomonidan zarur maxsus texnikalar va mutaxassislar yetib kelishi bilan belgilangan ishlar amalga oshiriladi hamda hudud aholisining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.  

Slide 1 of 1