🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi Jamolbek Babajanov hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan tumandagi Tuproqqal’a mahallasida joylashgan 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 Unda Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosini ta’minlash, umumta’lim maktablarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini samarali tashkil etish, o‘quvchilarga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🥗 O‘rganish davomida maktab oshxonasi faoliyati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda saqlanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
✅ Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.