Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
✅ Ishtixon tumanida “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan drayver loyihalar bo‘yicha takliflar tasdiqlandi.

Mazkur loyihalar Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 9-fevraldagi VII-18-9-7-95-K/26-son qarori bilan ma’qullandi.

Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 495-son Qarori ijrosini ta’minlash doirasida qabul qilindi.

Jumladan, “Ko‘tarma”, “Ishtixon”, “Qoraqo‘yli” va “Humo” MFYlarda:

• yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etish;

• xizmat ko‘rsatish va savdo infratuzilmasini kengaytirish;

• yo‘l, yoritish, sport maydonchasi va yer osti kommunikatsiyalari kabi infratuzilma obyektlarini barpo etish;

• qishloq xo‘jaligida yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish va daromadli ekinlar yetishtirish;

• yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Kengash qarorining ahamiyati shundaki, endilikda hududdagi har bir drayver loyiha deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, ularning iqtisodiy samaradorligi, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati, tadbirkorlikni rivojlantirishga ta’siri va aholi manfaatlariga xizmat qilishi asosida tasdiqlanadi.

Bu esa Kengash qarori hududdagi har bir loyiha shaffof, aniq hisob-kitob va jamoatchilik manfaatidan kelib chiqib amalga oshirilayotganining muhim kafolati ekanini ko‘rsatadi.

Deputatlar tomonidan mazkur loyihalarning amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib, har bir tashabbusning amaliy natijasi va aholiga yetkazadigan foydasi monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 1