Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputat “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” tanlovida faol ishtirok etdi.

3-Afrosiyob saylov okrugi deputati Sh.Musayeva tomonidan yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” tanlovida faol ishtirok etildi. Ushbu tanlov yosh avlodni kitobga bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Tadbir davomida deputat ishtirokchilar bilan muloqot qilib, ularning o’qigan asarlari, fikr-mulohazalari bilan tanishdi hamda kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati haqida o’z tavsiyalarini berdi. Ayniqsa, yoshlarning bilimga intilishi, adabiyotga bo’lgan mehri va faol ishtiroki alohida e’tirof etildi.

Tanlov yakunida g’olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlanib, ularga kelgusida ham kitobxonlikni davom ettirish, o’z ustida ishlash va yurt ravnaqiga hissa qo’shadigan barkamol shaxs bo’lib kamol topishlariga tilaklar bildirildi.
 

Slide 1 of 1