Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputat hamda “Madad” NNT hamkorligida ijtimoiy xodim faoliyati o’rganildi.

19-Xo’jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva hamda “Madad” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayev hamkorligida aholi muammolarini o’rganish, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida joylarga chiqqan holda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O’rganish davomida sharoiti og’ir, nogironligi bo’lgan fuqaro yashab kelayotgan xonadon holati atroflicha ko’zdan kechirildi. Ma’lum bo’lishicha, mazkur uy ancha vaqtdan beri ta’mirtalab holatda bo’lib, bu esa xonadon ahlining kundalik hayotida muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Shu munosabat bilan bugungi kunda uyda ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Jumladan, xonadonning eskirib ketgan eshik va derazalari to’liq yangilanib, ularning o’rniga zamonaviy va sifatli jihozlar o’rnatilmoqda. Bu esa nafaqat uyning ko’rinishiga, balki uning issiqlikni saqlash, qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, xonalarni ta’mirlash, devor va shiftlarni tiklash, pol qismini yaxshilash kabi ishlar ham izchillik bilan olib borilmoqda.

Mazkur amaliy ishlar ijtimoiy xodim tashabbusi asosida, tegishli tashkilotlar va homiylar hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, oilaning turmush darajasini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ijtimoiy xodim tomonidan xonadon a’zolari holidan muntazam xabar olib turilayotgani, ularning ehtiyojlari o’rganilib, manzilli yordam ko’rsatish ishlari yo’lga qo’yilgani qayd etildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, ta’mirlash jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, shuningdek, oilaga qo’shimcha ijtimoiy ko’maklar ajratish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, mazkur masala doimiy deputatlik nazoratiga olingani ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 1