Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatida Xalq deputatlari shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatida Xalq deputatlari shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida Qo‘qon shahridagi talabalar turar joylarida mavjud muammolar, talabalarga yaratilgan yashash sharoitlari hamda ta’lim muassasalarida noxush holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida talabalar turar joylarining moddiy-texnik holati, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, xavfsizlik masalalari, sanitariya holati hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish, yoshlarni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasini kuchaytirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur masala doimiy komissiya a’zolari va mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3