Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📚 Ma’rifatga e’tibor – kelajakka investitsiya

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi O. Tursunov hamda “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari G. Amirova tomonidan “Boyqishloq” mahallasi hududidagi 65-son umumiy ta’lim maktabiga 80 ta badiiy kitob sovg‘a qilindi.

📖 Mazkur tashabbus yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

🏫 Tadbir davomida o‘quvchilar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, kitobning inson hayotidagi o‘rni, ilm olishga bo‘lgan intilish va yuksak maqsadlar sari intilish haqida fikr almashildi.

🤝 Shu bilan birga, ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7