Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jalaquduq tumanida qurilish ishlari o`rganildi
янв.21
Qutlug` MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash masalalari o`rganildi
янв.21
Tadbirkor faoliyati o`rganildi
янв.21
Firibgarlikdan ogoh bo`ling — dolzarb mavzu muhokamada!
янв.21
Jalaquduqda asalarichilik rivojlantirilmoqda
янв.21
Navbatdagi “Parandaxona” loyihasi amaliy bosqichga o`tdi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Oyim qishlog`ida ochiq muloqot: dolzarb muammolarga yechimlar belgilab olindi
янв.21
Jalaquduqda chigit ekish ishlari jadal: sifat va muddat ustuvor nazoratda
янв.21
Tuman fermer xo`jaliklarida chigit ekish ishlari o`rganildi va nazorat kuchaytirildi
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar shahar Oila va xotin qizlar bo'limi xisoboti ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar shahar Oila va xotin qizlar bo'limi mas’ul xodimi N.Ismoilovaning xisoboti ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini ta'minlash bo‘yicha Qo‘qon shahrida tahlillarga ko‘ra, shaharda 467 ta notinch oila yashaydi (257 tasi ajralish, 170 tasi aliment, 38 tasi uy - joy nizosi). Birgina o‘tgan yili ichki ishlar idoralariga oila-turmush nizolari bo‘yicha 1358 ta xabar kelib tushgan bo'lib, ularning 269-ta dan ortig‘i takroriy tarzda kelib tushganligi, 235 ta oilada tazyiq va zo‘ravonlik kuzatilganligi hamda 797 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilganligi, 27 nafar xotin-qizlarga esa takroran himoya orderi berilganligi ta’kidlab o’tildi. 

Doimiy komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 mart kungi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va xal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 145-sonli qarori asosida xar bir MFY larda xotin-qizlar faolining faoliyatini o‘rganish, ajratilgan subsidiyalar va kreditlarning maqsadli ishlatilishini o‘rganib borish yuzasidan qaror qabul qilindi

Slide 1 of 3