Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jalaquduq tumanida qurilish ishlari o`rganildi
янв.21
Qutlug` MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash masalalari o`rganildi
янв.21
Tadbirkor faoliyati o`rganildi
янв.21
Firibgarlikdan ogoh bo`ling — dolzarb mavzu muhokamada!
янв.21
Jalaquduqda asalarichilik rivojlantirilmoqda
янв.21
Navbatdagi “Parandaxona” loyihasi amaliy bosqichga o`tdi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Oyim qishlog`ida ochiq muloqot: dolzarb muammolarga yechimlar belgilab olindi
янв.21
Jalaquduqda chigit ekish ishlari jadal: sifat va muddat ustuvor nazoratda
янв.21
Tuman fermer xo`jaliklarida chigit ekish ishlari o`rganildi va nazorat kuchaytirildi
#nazorat

Olmaliq shahrida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish masalalari doimiy nazoratda.

🔍Deputat nazorati va hamkorlik

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sanjar Mamayusupov "Olmaliqsoy" mahallasida bo‘lib,hududdagi xususiy sport maktabida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi. Mazkur jarayonda mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda hududdagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni ommaviy sportga jalb qilish masalalari tahlil qilindi.

🏟O‘rganish davomida mahallada yangi qurilgan “Buxoro gimnaziyasi” xususiy sport maktabi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Deputat va yoshlar yetakchisi sport maktabidagi dars o‘tish jarayonlarini bevosita kuzatib, quyidagilarga e’tibor qaratishdi:

🔹Yetakchi faoliyati: Mahalla yetakchisi tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan va sportga qiziqishi baland yigit-qizlarni ushbu maktabga yo‘naltirish tizimi;

🔹Imkoniyatlar: Bolalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar va murabbiylarning malakasi;

🔹Natijadorlik: Sport mashg‘ulotlarining o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligiga ta’siri.

🔹Yosh sportchilar va murabbiylar bilan muloqot qilinib, ularning takliflari tinglandi.

"Mahalla yoshlar yetakchisi va deputat hamkorligi — yoshlarning muammolarini joyida hal etish hamda ularning iqtidorini yuzaga chiqarishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi," — deb ta’kidlandi o‘rganish davomida.

Maqsadimiz: Har bir yoshning o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish!

Slide 1 of 6