Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” – kelajak egalari bilan birga!
янв.21
“Aholi bandligi masalalari bo‘yicha ”
янв.21
“Sog‘lom muhit — jinoyatchilikka qarshi eng samarali vosita”
янв.21
Ijtimoiy nafaqalar yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati
янв.21
Senatning 13-yalpi majlisi qarorlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri
янв.21
Aholiga huquqiy ko`mak: Jalaquduq tumanida navbatdagi qabul tashkil etildi.
янв.21
Oilaviy kelishmovchilikka barham: Qashqar mahallasida bir oila yarashtirildi
янв.21
Favqulodda vaziyatlarda aholining to`g`ri harakatlari
янв.21
“Ogoh bo`ling, firibgar!” — yoshlarni kiberxavfsizlikka chaqiruv tadbiri
янв.21
Deputat Ergashvoy Qurbonov “Yangisor” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o`tkazdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobod tumanida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugidan saylangan deputati S. To‘rayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida qarorda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilinib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3