Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Favqulodda vaziyatlarda aholining to`g`ri harakatlari

 Favqulodda vaziyatlarda aholining to`g`ri harakatlari mavzusida muhim targ`ibot-tashviqot tadbiri o`tkazildi. Mazkur tadbir aholi xavfsizligini ta`minlash, jamiyat barqarorligi va fuqarolarning hayotiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan davlat siyosatining amaliy ifodasi sifatida tashkil etildi. Tadbirda O`zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Andijon viloyat tashkiloti raisi X.Mirzaraximova, tashkilot
mutaxassisi I.Sadovnikova hamda tuman Kengashi deputati Yo.Tadjibaeva ishtirok etdi. Ular o`z ma`ruzalarida favqulodda vaziyatlar — tabiiy ofatlar, texnogen halokatlar va boshqa kutilmagan holatlarda aholining ongli, tizimli va uyushqoq harakat qilishi davlat va jamiyat xavfsizligining muhim omili ekanini ta`kidladilar.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tezkor va to`g`ri qaror qabul qilish, aholini evakuatsiya qilish tartibi, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish ko`nikmalari hamda axborot xavfsizligi masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.  

Slide 1 of 5