Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” – kelajak egalari bilan birga!
янв.21
“Aholi bandligi masalalari bo‘yicha ”
янв.21
“Sog‘lom muhit — jinoyatchilikka qarshi eng samarali vosita”
янв.21
Ijtimoiy nafaqalar yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati
янв.21
Senatning 13-yalpi majlisi qarorlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri
янв.21
Aholiga huquqiy ko`mak: Jalaquduq tumanida navbatdagi qabul tashkil etildi.
янв.21
Oilaviy kelishmovchilikka barham: Qashqar mahallasida bir oila yarashtirildi
янв.21
Favqulodda vaziyatlarda aholining to`g`ri harakatlari
янв.21
“Ogoh bo`ling, firibgar!” — yoshlarni kiberxavfsizlikka chaqiruv tadbiri
янв.21
Deputat Ergashvoy Qurbonov “Yangisor” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o`tkazdi
Kollektor tarmoqlarini ta’mirlash ishlari nazoratda

Kollektor tarmoqlarini ta’mirlash ishlari nazoratda

️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalarni shakllantirish, soha mutaxassislari hamda aholini qiynab kelayotgan og‘ir muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha tuman ishchi guruhi tomonidan berilgan takliflar asosida Qiziriq tumanida 2026-yilda jami 85 km uzunlikdagi kollektor tarmoqlarini tizimli ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Shu munosabat bilan deputatlar J.Xudoyqulova hamda N.Alimovlar tumandagi “Shodlik” va “Zarbdor” mahallalari hududlarida kollektor tarmoqlarini ta’mirlash hamda tiklash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar bilan bevosita joyiga chiqib tanishdilar. O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan rejaga muvofiqligi, ishlarning muddatida va samarali amalga oshirilayotgani bo'yicha ishlar bilan tanishildi.

Deputatlar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3