Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Aholi bandligi masalalari bo‘yicha ”
янв.21
“Sog‘lom muhit — jinoyatchilikka qarshi eng samarali vosita”
янв.21
Ijtimoiy nafaqalar yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati
янв.21
Senatning 13-yalpi majlisi qarorlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri
янв.21
Aholiga huquqiy ko`mak: Jalaquduq tumanida navbatdagi qabul tashkil etildi.
янв.21
Oilaviy kelishmovchilikka barham: Qashqar mahallasida bir oila yarashtirildi
янв.21
Favqulodda vaziyatlarda aholining to`g`ri harakatlari
янв.21
“Ogoh bo`ling, firibgar!” — yoshlarni kiberxavfsizlikka chaqiruv tadbiri
янв.21
Deputat Ergashvoy Qurbonov “Yangisor” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o`tkazdi
янв.21
Deputat Zulfiyaxon G`ofurova G`ayrat mahallasida xotin-qizlar faoliyatini o`rgandi
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar atroflicha muhokama qilindi.

📌 Fuqarolar ta’kidlashicha, bugungi kunda “Sulim qo‘rg‘oni” deb ataladigan hudud bundan 7–8 yil avval tarixiy nom – “Xishrau qo‘rg‘oni” deb yuritilgan. Mazkur nom hudud tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, 1956-yilda bu yerda Xishrau GESi qurilgan.

🏘 Hozirgi kunda ushbu hududda qariyb 15 000 nafarga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Aholining aksariyat qismi qo‘rg‘on nomini avvalgi tarixiy – “Xishrau” nomiga qaytarish taklifini bildirdi.

🌳 Shuningdek,mahalla hududida joylashgan Madaniyat uyini qayta ta’mirlash, uning orqa qismidagi bog‘ hududini obodonlashtirib, mahalla aholisi uchun zamonaviy ko‘ngilochar dam olish maskaniga aylantirish bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi.

📝 Bildirilgan taklif va murojaatlar o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

✨ Mahallalarda ochiq muloqot va sayyor qabullar orqali har bir fuqaroning fikri e’tiborda.

📱 Telegram| (http://t.me/Samarqandshaharkengashi1) 📱 Facebook

Slide 1 of 1