Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
🌍✨ EKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI ✨🌍

2025-yil 30-dekabr kuni qabul qilingan O‘RQ-1109-sonli Qonun bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya sohasidagi vakolatlari ham aniq belgilab berildi.

Mazkur qonunga ko‘ra:

🏛 Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari, ya’ni Xalq deputatlari Kengashlari:

🔹 O‘z hududining ekologiya dasturini tasdiqlaydi;

🔹 Ushbu dastur ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

⚙️ Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari esa:

🟢 Hududning ekologiya dasturini ishlab chiqadi va Kengashga tasdiqlash uchun kiritadi;

🟢 Tabiiy resurslarni hisobga oladi hamda ularning holatini baholaydi;

🟢 Ekologiyaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan obyektlarni ro‘yxatga oladi;

🟢 Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlaydi;

🟢 Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar undirilishida ko‘maklashadi.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

🚨 Shuningdek,

Atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga ega davlat obyektlari faoliyatini:

⏸️ vaqtincha to‘xtatish;

🔄 qayta ixtisoslashtirish;

bo‘yicha ekologik nazoratga mas’ul maxsus davlat organlariga takliflar kiritish huquqi ham mavjud.

❗️ Muhim jihati:

Atrof-muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘xtatish yoki tugatish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

🎙 Mazkur o‘zgarishlar yuzasidan Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati, Kengashining Аgrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Mavlyanov Jamol Ortikovich axborot berdi.

📣 Endilikda sizlarga ushbu o‘zgarishlarni har kuni kengroq yoritib boramiz.

📲 Bizni kuzatishda davom eting! 

Slide 1 of 1