Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya ishida deputatlar, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Dastlab, 2025-yil davomida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek qonuniylikni ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan prokuratura organlarining faoliyati to‘g‘risida shahar prokurori hamda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ichki ishlar organlari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar IIB boshlig‘ining hisobotlari eshitildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan “Ta’lim tizimi islohotlari” hamda “Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar” yo‘nalishlari bo‘yicha 2025-yil davomida shaharda amalga oshirilgan ishlar, 2026-yilda oldimizda turgan vazifalar to‘g‘risida hamda “Infratuzilma va barqarorlikni ta’minlash” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish to‘g‘risida hokim o‘rinbosarlari tomonidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, deputatlar yoshlar siyosati sohasida 2025-yil davomida Quvasoy shahrida amalga oshirilgan ishlarga ham e’tibor qaratdilar.

Kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda tasdiqlandi.

Slide 1 of 17