Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“Gulobod” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

“Gulobod” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

“Gulobod” mahallasida Qiziriq tumani hokimi Sh.Allamurotov hamda Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati K.Muhammadiyev ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul yuqori mas’uliyat va talabchanlik ruhida tashkil etilib, murojaatlar bevosita joyida atroflicha o‘rganildi.

Qabul davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma muammolari, ijtimoiy himoya, bandlik, sog‘liqni saqlash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, ijro muddatlari belgilandi.

 Muammolarni yuzaki ko‘rib chiqmasdan, ularni manzilli, tizimli va o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha joyida tegishli tushuntirishlar berilib, tezkor choralar ko‘rish belgilandi.

 Qabul yakunlariga ko‘ra barcha murojaatlar alohida ro‘yxatga olinib, ijrosi hokimlik va deputatlik nazorati ostiga olindi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul ijrochilar belgilandi hamda natijadorlik yuzasidan qat’iy talablar qo‘yildi.

Shuningdek, qabul yakunida deputat K.Muhammadiyev mahalla ichki yo‘llarini asfaltlash jarayonini joyiga chiqib o‘rgandi. Olib borilayotgan ishlar sifati, bajarilish muddati hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar alohida nazoratga olindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

 Mazkur tashrif va qabul fuqarolar murojaatlarini real natijaga yo‘naltirish, muammolarni joyida hal etish hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy choralar majmuasi sifatida baholandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 10